Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya bosh vaziri Obama bilan uchrashuv o‘tkazadi
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Havayiga bo‘lgan ikki kunlik tashrifini boshlamoqda. Uning doirasida 1941 yildagi Perl-Harbor voqealari qurbonlari xotirasi yod etiladi, shuningdek AQShning amaldagi prezidenti Barak Obama bilan so‘nggi uchrashuv o‘tkaziladi.
"Men prezident Obama bilan birga butun dunyoga tinchlikni qadriga yetish va urush dahshatlarini yana takrorlash kerak emasligini bildirmoqchiman", - deya aytib o‘tdi yapon hukumati rahbari.
Abening ta'kidlashicha, AQSh prezidenti bilan bo‘lajak uchrashuv to‘rt yil davomidagi muzokaralarning o‘ziga xos yakuni bo‘ladi. "Bu prezident Obama bilan oliy darajadagi eng so‘nggi uchrashuv bo‘ladi. Men oldimizda turgan vazifalar, shuningdek ikki tomonlama hamkorlik haqida suhbatlashmoqchiman", - qo‘shimcha qilgan yapon bosh vaziri.
Oq uyning milliy xavfsizlik Kengashidagi Osiyo ishlari bo‘yicha katta direktori Deniyel Kritenbrinkning 22 dekabr kuni tashkil etilgan brifingda ma'lum qilishicha, Abe va Obamaning ushbu uchrashuvi "ikki mamlakatning tarixlaridagi og‘riqli nuqtalarni chetlab o‘tishlari va yaqin ittifoqdosh hamda do‘st bo‘lishlari mumkinligidan dalolat beradi".
Ma'lumot uchun, AQShning Ikkinchi jahon urushiga qo‘shilishi uchun asosiy sabab bo‘lgan Perl Harborga hujum oqibatida 2,4 ming amerikalik halok bo‘lgan, yana minglab askarlar yaralangan.
Mavzuga oid
11:47 / 21.01.2026
Sindzo Abeni otib o‘ldirgan shaxs umrbod qamoqqa hukm qilindi
19:23 / 02.10.2023
Yaponiyada Abe o‘limi mojarosiga aloqador diniy firqa tarqatib yuboriladi
14:06 / 12.07.2022
Aziz Abduhakimov Sindzo Abe xotirasiga hurmat bajo keltirdi
12:37 / 12.07.2022