Jahon | 19:33 / 27.12.2016
9814
1 daqiqa o‘qiladi

Irlandiyada samolyot favqulodda qo‘nib, yo‘lovchilar hojatini chiqardi

Foto: Twitter/TheatrezMedia

Nyu-York - Parij yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan samolyot Irlandiyada favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bunga yo‘lovchilarning hojatxonaga borishni istab qolgani sabab bo‘lgan. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, layner havoga ko‘tarilganidan bir necha daqiqa o‘tib ekipaj bortdagi barcha 172 yo‘lovchi hojatxonaga borishni xohlab qolgani haqida ma'lum qilgan. Samolyotdagi hojatxonalar esa buzilgan bo‘lgan.

Xabar qilinishicha, yo‘lovchilar Irlandiyadagi aeroportda taxminan ikki soat qolib ketishgan. Bu vaqt davomida muhandislar samolyotdagi hojatxonalarni ishga tushirishdi va layner Parijga bo‘lgan parvozini davom ettirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid