Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston Qozog‘iston bilan 100 million dollarlik bitimni imzoladi
Qirg‘iziston Qozog‘iston bilan 100 million dollarlik texnik yordam to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Bu haqda bugun Qirg‘iziston bosh vazir o‘rinbosari Oleg Pankratov jurnalistlarga ma'lum qildi.
Uning eslatishicha, Rossiya Qirg‘izistonning Yevroosiyo iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga qo‘shilsa, o‘tkazish punktlari va laboratoriyalarni rekonstruksiya qilishga 200 million dollar ajratish haqida va'da bergan.
«Biz rossiyaliklar bilan hujjatni tezda imzoladik. Uni amalga oshirish jarayoni ketmoqda, pullar tushmoqda», - dedi Oleg Pankratov.
«Qozog‘iston bizga 100 million dollar ajratishga va'da berdi, biroq kelishuvga erishish juda uzoq muddat davom etdi, kecha hujjatni imzoladik. O‘ylashimizcha, ilk pullar veterinariya xavfsizligi masalalariga yo‘naltiriladi», - ta'kidlab o‘tdi bosh vazir o‘rinbosari.
Uning qo‘shimcha qilishicha, qozoq sheriklar bilan yana bir hujjat imzolangan – temir yo‘l tashuvlarida bir xildagi tariflar haqida.
Mavzuga oid
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
08:33 / 04.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonga texnik yordam ajratadi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026