O‘zbekiston | 19:18 / 27.12.2016
43467
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada Islom Karimov xiyoboni ochilmoqda, Toshkentda qachon?

Moskva hukumati Yakimanka tumanidagi xiyobonga O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti nomini berish haqida qaror qabul qilganligi haqida xabar berilgandi

"Prezident topshirig‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi konsulligi joylashgan xiyobonga Islom Karimov nomini berish taklifi kiritildi", - degan edi shahar meri Sergey Sobyanin.

Bolshaya Polyanka ko‘chasidagi 39-uy bilan Pervyy Kazachiy tor ko‘chasidagi 13-uy o‘rtasida Islom Karimov xiyoboni bo‘lishi ma'lum qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda mustaqil O‘zbekiston asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ulug‘ va ardoqli farzandi, O‘zbekiston Qahramoni, mamlakatning birinchi prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish maqsadida xalqaro tanlov tashkil qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining qarori chiqarilgan.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid