Jahon | 08:33 / 27.12.2016
7932
1 daqiqa o‘qiladi

Netanyaxu BMT rezolyutsiyasiga "tajovuzkor javob" berishga va'da berdi

Foto: RIA

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu BMTning Tel-Avivga Falastin hududlarida qurilish olib borishni taqiqlovchi rezolyutsiyasiga "tajovuzkor javob" berishga va'da berdi, deb xabar bermoqda Haaretz.

"Bizning munosabat dono va tajovuzkor bo‘ladi. O‘shanda barcha davlatlar BMTda sodir bo‘lgan holat biz uchun maqbul emasligini tushunadilar", deb aytdi bosh vazir. 

U qolgan davlatlar o‘zi uchun turib bera oladigan kuchli xalqlarni hurmat qilishini, biroq hech kim "bosh eguvchi va itoatkor davlatlar"ni hurmat qilmasligini aytdi. 

"Isroilda kuchli o‘zini o‘zi anglash bor. Biz ikkinchi lunjimizni tutib bermaymiz. Muhojirlarga xos mentalitetni tugatish vaqti keldi", deb aytdi Netanyaxu.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid