Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni Iroqdagi shia kuchlarini ommaviy qotilliklarda aybladi
Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr tarkibiga asosan shialar kiruvchi Iroqdagi xalq ko‘ngilli qo‘shinlarini "ommaviy qotilliklarni amalga oshirishga aralashgan diniy tashkilot" deb atadi.
"Xalq ko‘ngilli qo‘shinlari" deb ataluvchilar Iroqda Qosim Sulaymon (Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining "al-Quds" maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni) boshchiligidagi eronlik generallar ko‘magida ommaviy qotilliklarni amalga oshiruvchi diniy birlashmadir, bunday qurollangan guruhlarning mavjudligi Iroq birdamligiga va uning xavfsizligiga xavf soladi", deb aytdi al-Jubayr iordaniyalik hamkasbi bilan Ar-Riyodda bergan matbuot-anjumanida.
"Biz Iroq yerida diniy asosdagi istalgan qurolli kuchlarning borligiga qarshimiz va Iroqning arab millatiga mansubligini qo‘llab-quvvatlaymiz", deb aytdi al-Jubayr.
Iroqdagi xalq ko‘ngilli qo‘shinlari jangchilari IShIDga qarshi janglarda faol ishtirok etib keladi. Biroq arab davlatlari ularni sunniy mazhabidagi islomga amal qiluvchi fuqarolarga qarshi jinoyatlarni sodir etishda ayblab keladilar.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026