O‘zbekiston | 20:01 / 27.12.2016
10300
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga Afg‘oniston delegatsiyasi tashrif buyurdi

Foto: mfa.uz

2016-yilning 27-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan hamda tarkibida Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining iqtisodiy masalalar bo‘yicha katta maslahatchisi Humayun Qayumi va Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus vakili Muhammad Shokir Korgar bo‘lgan delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Uchrashuvda avval bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi va boshqa ikki tomonlama muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlar doirasida O‘zbekiston-Afg‘oniston hamkorligini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan batafsil fikr almashildi. Afg‘oniston rahbarining vakillari ikki mamlakat iqtisodiyotining yetakchi sektorlari rahbarlari ishtirok etgan va Toshkent shahrida o‘z ishini nihoyasiga yetkazgan Savdo, transport va energetika bo‘yicha O‘zbekiston-Afg‘oniston hukumatlararo komissiyasining ikkinchi majlisi yakunlari bo‘yicha taasurotlarini so‘zlab berdi. 

Ta'kidlanganidek, mazkur tadbir qo‘shma faoliyatning, jumladan savdo, transport, energetika, qishloq xo‘jaligi sohalaridagi va o‘zaro manfaatli infratuzilma loyihalarini amalga oshirishdagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilishga imkon berdi. 

Muloqot davomida 2017-yilda bo‘lajak uchrashuvlar jadvali va kun tartibi muhokama qilindi. 

Mavzuga oid