Jahon | 18:57 / 28.12.2016
12760
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Yaponiyaning sharqiy qirg‘oqlarida 6,3 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar beradi Reuters.

Ta'kidlanishicha, yer silkinishi markazi Ibaraki prefekturasining shimoliy qismida joylashgan. Zilzila o‘chog‘i 10 kilometrlik chuqurlikda joylashgani xabar qilindi.

NHK telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, Mito shahri aholisi yer silkinishini besh soniya davomida his etgan.

Ayni damda vayronalar va halok bo‘lganlar haqida ma'lumot yo‘q.
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid