Jahon | 07:27 / 29.12.2016
8151
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Shimoliy Koreya yetakchisi hech qachon yadro qurolidan voz kechmaydi

Foto: Reuters

Yaqinda Seul tomonga o‘tgan Shimoliy koreyalik diplomat Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 2017 yil oxirigacha yadroviy qurol yaratishni yakunlamoqchi ekanligi va juda katta pulga ham bu g‘oyasidan voz kechmasligini aytdi. Bu haqda Yonhap axborot agentligi xabar bermoqda. 

Shimoliy Koreya Londondagi elchixonasining sobiq 2-raqamli xodimi Kim Chen In mamlakatni boshqarar ekan, Shimoliy Koreya yadro quroli yaratilishi jarayonini 1 yoki 10 trln dollarga ham to‘xtatmasligini aytdi.  

Uning aytishicha, Pxenyan 2017 yilda AQSh va Janubiy Koreyada prezidentlar almashishi sababli bu davlatlar Shimoliy Koreyadagi yadroviy tajribalarni to‘xtatish uchun jismoniy yoki harbiy choralar ko‘ra olmaydilar, deb hisoblamoqda. Shimoliy Koreya esa aksincha, keyingi yil qurol ishlatish va harbiy ig‘volar yordamida Seul va Vashingtonni unga qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilish bo‘yicha muzokaralar olib borishga majbur qiladi.

Sobiq diplomatning aytishicha, Xitoy Shimoliy Koreyani butkul yo‘q qilib yuborishi mumkin, biroq buni qilmaydi, chunki unga Shimoliy Koreya o‘zidan namoyon qiluvchi bufer hudud kerak bo‘ladi. 

Matbuot-anjuman so‘nggida sobiq diplomat Shimoliy Koreya yetakchisini hokimiyatdan chetlatishga chaqirgan va "Yashasin Birlashgan Koreya Respublikasi" deb baqirgan.

Ma'lum qilinishicha, Shimoliy Koreya Seul maxsus xizmatlarini xorijda ishlovchi Shimoliy koreyalik davlat xizmatchilari va diplomatlarni Kim Chen In tuzumidan voz kechishga undashda ayblab keladi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid