Jahon | 07:54 / 29.12.2016
22337
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Obamadan shikoyat qildi

Foto:Getty images

AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp amaldagi prezident Barak Obama hokimiyatning silliq topshirilishini ta'minlamayotganidan shikoyat qildi. U bu haqda tvitterda yozdi.

"Prezident O’ning (Obama) ko‘plab ig‘vogar gaplari va to‘siqlariga e'tibor bermaslikka harakat qilmoqdaman. Hokimiyat silliq topshiriladi, degan o‘yda edim, biroq unday emas!", deb aytilgan Tramp xabarida.

Obama Trampni prezident kampaniyasi davomida bir necha marotaba tanqid qilgan, biroq milliarder bilan saylovlardan keyin uchrashgach, "hokimiyatning silliq topshirilishi uchun har tomonlama ko‘mak berishga" va'da bergan. Oq uyning ma'lum qilishicha, shundan keyin ikki siyosatchi bir nechta telefon muloqotlari o‘tkazishgan.

Tramp o‘z lavozimini bajarishga 20 yanvarda rasman kirishadi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid