Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondagi foydalanilmayotgan inshootlarda yangi korxonalar tashkil etiladi
2017-2018 yillar mobaynida O‘zbekistondagi foydalanilmayotgan bino va inshootlarda 4400 dan ortiq ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etiladi. Bu haqda Respublika Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma'lum qildi.
Iqtisodiyotning real sektoridagi korxonalar tuzilmasini qayta tashkil etish va moliyaviy sog‘lomlashtirish mo‘ljallangan 2017-2018 yillardagi chora-tadbirlar dasturida zarar keltirib ishlayotgan, faoliyat yuritmayotgan quvvatlarni qayta moliyalashtirish, shuningdek, bo‘sh yotgan va qurilishi tugallanmagan inshootlarda 4,4 mingdan ortiq ishlab chiqarish korxonalarini barpo qilish ko‘zda tutilgan.
2016 yili kamrentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish dasturi natijasida 99 sub'yektda yer maydonini optimallashtirish, foydalanilmayotgan quvvatlarni konservatsiyalash o‘tkazilgan. Bank qarzdorligi restrukturizatsiya qilinib, ishlab chiqarishni modernizatsiya va texnologik yangilash jarayonlari o‘tkazilgan.
Buning natijasida 2015 yilda zarar ko‘rib ishlagan ushbu korxonalar 2016 yil yanvar-sentabr oylarida 54 milliard so‘m foyda ko‘rdi. Matbuot anjumanida ma'lum qilinganidek, 2017 yilda mashinasozlik, elektrotexnika, qurilish, og‘ir sanoat, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va iste'mol mollarini ishlab chiqarish sohalarida ishlar davom ettiriladi.
2016 yilning o‘tgan 11 oyi mobaynida korxonalar tomonidan 28 mingdan ortiq ish o‘rinlari tashkil etilgan, 2 trillion 740 milliard so‘mdan ortiq mablag‘dagi mahsulotlar ishlab chiqilgan, xizmat ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid
17:48 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatini rivojlantirish bo‘yicha muhim topshiriqlar berdi
20:56 / 19.06.2026
Inflatsiya pasayishi sekinlashsa, monetar siyosatni yanada qat’iylashtirishga tayyor turish kerak - XVJ
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026