Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya hukumati Istanbuldagi teraktni kim sodir etganini bilmasligi ma'lum qilindi
Turkiya hukumati Istanbulda tungi klubga sodir etilgan hujum haqida birinchi dalillarni yig‘di, biroq ayni vaqtda bu ma'lumotlar terrorchi shaxsini aniqlashga imkon bermaydi. Bu haqda Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim ma'lum qildi.
"Ba'zi tafsilotlar aniqlana boshlandi, biroq hukumat aniq natija olish ustida ishlamoqda", deb javob berdi bosh vazir jurnalistlarning terakt ortida kim turgani bo‘lishi mumkinligi haqidagi savollariga. "Politsiya va xavfsizlik xizmati vakillari tergov davomida kelib tushadigan ma'lumotni taqdim qiladi", deb aytdi Yildirim.
1 yanvarga o‘tar kechasi noma'lum kimsa Istanbuldagi Reina tungi klubiga hujum uyushtirgan. Hujum oqibatida 39 kishi halok bo‘lgan, ulardan 16 nafari xorijlikdir. Terakt qurbonlari orasida Saudiya Arabistoni, Marokash, Livan, Iordaniya, Liviya va Isroil fuqarolari bo‘lgan. 65 kishi shifoxonaga yetkazilgan, ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir deya baholangan.
Videokuzatuv kameralaridan yozib olingan tasvir bosqinchi boshida Santa-Klaus qalpog‘i bo‘lganini ko‘rsatgan. Terrorchi yashirinishga muvaffaq bo‘lgan, uni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
18:08 / 09.06.2026
Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib, vafot etdi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
15:36 / 07.04.2026