Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbuldagi masjidda otishma sodir etildi
1 yanvarda noma'lum erkak Istanbuldagi masjidlardan birida odamlarni miltiqdan o‘qqa tutdi. Buning oqibatida 2 kishi yaralandi. Ular shifoxonaga yetkazilganlar.
Ayni vaqtda voqea joyida huquq-tartibot muassasalari ishlamoqda. Yuz bergan voqeaning barcha tafsilotlari va sabablari aniqlashtirilmoqda, deb xabar bermoqda Hurriyet nashri. Politsiya jinoyatchini qidirish va qo‘lga olish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda.
Bundan avvalroq Istanbuldagi "Reina" tungi klubiga Santa-Klaus kiyimidagi noma'lum kimsa kirib, u yerda yangi yilni nishonlayotgan odamlarni o‘qqa tutgandi. Oqibatda 39 kishi halok bo‘lgan, 69 kishi yaralangan.
Mavzuga oid
18:08 / 09.06.2026
Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib, vafot etdi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
12:40 / 24.05.2026
Oq uy atrofida otishma chiqdi
18:26 / 20.05.2026