Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda xonadonlarni tunash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi
Toshkent shahrida uzoq vaqt davomida xonadonlarni tunash bilan shug‘ullangan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi. “Na postu” gazetasining bildirishicha, Mirobod tumanida yashovchi Hamid Jo‘rayev (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) poytaxtning uch tumani – Olmazor, Chilonzor va Yashnobod tumanlarida jinoiy harakatlarni amalga oshirib, bir necha xonadonlarga o‘g‘irlikka tushgan.
Jo‘rayev huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan jinoyat joyida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingach, uning hamtovog‘i ham oshkor bo‘ldi. Ma'lum bo‘lishicha, u Mirobod tumanida istiqomat qiluvchi Zohid Fattohov ekan. Uning xonadoni ko‘zdan kechirilganda, jinoyatlarni amalga oshirishda foydalanilgan asboblar: eshik kalitlari, o‘tkir jag‘li ombir, qisqich, otvyortkalar va qo‘lqoplar topilgan.
Shuningdek, Fattohovning xonadonida tarozilar, zargarlik buyumlari va yirik pul mablag‘lari borligi aniqlangan.
Jinoyatchilar tegishli tartibda jazoga tortildi.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
13:30 / 16.06.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi
16:28 / 13.06.2026