Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haitida 48 yoshli tadbirkor prezident bo‘lishi ma'lum qilindi
Tadbirkor Jovenel Moiz seshanba kuni vaqtinchalik saylov kengashi tomonidan noyabrda o‘tgan saylovlar yakuniga ko‘ra rasman Haiti prezidenti deb e'lon qilindi. U “Tet kali” partiyasi vakili hisoblanadi.
Kengashning xabar berishicha, Moizga saylovchilarning 55,6 foizi ovoz bergan. Bu esa u birinchi tur yakuniga ko‘ra g‘olib chiqqanidan darak beradi. Shu tariqa, kengash ovoz berish jarayonida hiyla-nayranglar ishlatilgani borasida bayonot bergan muxolifat nomzodlarining shikoyatini e'tiborsiz qoldirdi.
Moiz – 48 yoshli tadbirkor bo‘lib, uning oilasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Davlatning yangi rahbari 7 fevral kunidan vazifasini bajarishga kirishadi.
Ma'lumot uchun, Haitida saylovlarning birinchi turi 2016 yilning oktabrida o‘tkazildi, biroq keyinroq uning natijalari saylovoldi kurashda adolatsiz usullarning ishlatilishi va xavfsizlik nuqtai nazaridan bekor qilindi. Yangi saylovlar o‘tgan yilning 9 oktabriga belgilandi, ammo mamlakatga yopirilgan “Metyu” dovuli sabab ortga surildi. Tabiiy ofat 573 kishining hayotiga zomin bo‘ldi.
Mavzuga oid
10:23 / 20.06.2025
XMT: Haitida 1,3 mlnga yaqin kishi to‘dalar zo‘ravonligi tufayli uyini tark etdi
09:29 / 09.12.2024
Haitida qirg‘in: kamida 110 kishi o‘ldirildi
23:57 / 14.11.2024
Haitida bir kunda Amerikaning uchta yo‘lovchi samolyoti o‘qqa tutildi
21:37 / 21.08.2024