Jahon | 09:04 / 04.01.2017
4534
1 daqiqa o‘qiladi

Fiji orollari yaqinida kuchli zilzila yuz berdi

4 yanvarda Fiji orollari yaqinida 7,2 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi. Bu haqda AQSh geologik xizmatiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

Xizmat ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila markazi Fiji poytaxti Suva shahridan 282 km uzoqlikda, o‘chog‘i 15 km chuqurlikda bo‘lgan.

Shu bilan birga Tsunamidan ogohlantirish Tinch okeani markazi zilzila oqibatida sunami yuz berishi ehtimolini ma'lum qilgan.

Zilzila Grinvich vaqti bilan soat 21:52da ( Toshkent vaqti bilan 02:52) qayd qilingan. 

 

Mavzuga oid