4 yanvarda Fiji orollari yaqinida 7,2 magnitudali kuçli zilzila yuz berdi. Bu haqda AQŞ geologik xizmatiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Xizmat ma'lumotlariga köra, zilzila markazi Fiji poytaxti Suva şahridan 282 km uzoqlikda, öçoği 15 km çuqurlikda bölgan.
Şu bilan birga Tsunamidan ogohlantiriş Tinç okeani markazi zilzila oqibatida sunami yuz berişi ehtimolini ma'lum qilgan.
Zilzila Grinviç vaqti bilan soat 21:52da ( Toşkent vaqti bilan 02:52) qayd qilingan.












