Jahon | 18:39 / 04.01.2017
7899
1 daqiqa o‘qiladi

Istanbul terakti ijrochisi Bolgariya bilan chegaradosh hududdan qidirilmoqda

Turkiyaning Bolgariya bilan chegaradagi Kirklareli shahrida xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Maxsus xizmatlar Istanbul terakti ijrochisini shu shahardan qidirishmoqda. Bu haqda Hurriyet xabar tarqatdi.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, shaharda terroristik trevoga e'lon qilingan. Kirklareli shahriga kirishda politsiya bo‘linmalari joylashtirilgan, ular avtomatlar bilan qurollangan.

Shuningdek, Bolgariya bilan chegarada xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

Bundan oldinroq, Turkiya TIV Istanbuldagi terakt ijrochisining shaxsi aniqlangani haqida ma'lum qilgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid