Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadagi aeroportlarda o‘nlab reyslar bekor qilindi
Moskva shahridagi Domodedovo aeroportida 11 reys kechiktirildi, 9 reys esa bekor qilindi. Sheremetevo aeroportida ham 11 reys kechiktirildi va yana 11 reys bekor qilindi. «Yandeks. Raspisaniya» internet-resursida shu haqida xabar berildi.
Manbaga ko‘ra, hozircha faqat Vnukovo aeroportida barcha reyslar jadvalga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Ta'kidlanishicha, reyslarning kechiktirilishi va bekor qilinishiga Moskvadagi ob-havo sharoiti sabab bo‘lgan. Sinoptiklarning ma'lumotlariga ko‘ra, 4 yanvarda boshlangan qor va izg‘irin kechga borib sezilarli darajada kuchayadi. Tunda shaharda 8-9 santimetrgacha qor yog‘ishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026
Bu yil Moskvadagi G‘alaba paradida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qatnashmaydi
20:39 / 27.04.2026
Moskvaga qish qaytdi – fotolar
12:07 / 23.04.2026