Jahon | 08:43 / 04.01.2017
30637
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh nega Putinga qarshi sanksiya kiritmaydi?

Oq uy rasmiy vakili Jon Ernest Vashington Rossiya prezidenti Vladimir Putinga nisbatan sanksiyalar kiritmaganiga izoh berdi.

"Sanktsiyalar kiritish siyosatiga ko‘ra, xorijiy davlatlar yetakchilari faqatgina ma'lum bir holatlardagina qora ro‘yxatga tushadi", - dedi Ernest.

Jurnalistlar Oq uy vakilidan AQShning 2015 yilda hukumat kompyuter tizimlariga uyushtirilgan kiberhujumlarga keskin javob choralari ko‘rilmagani yuzasidan izoh berishni so‘rashdi. O‘shanda Vashington bunda Xitoyni ayblagan hamda o‘z xodimlarini ularning shaxsiy ma'lumotlari o‘g‘irlangan bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirgan, xolos.

"Bu har ikki hodisa bir-biridan farq qiladi", - javob berdi Ernest.

AQSh razvedka hamjamiyatiga kiruvchi bir qator maxsus xizmatlar rossiyalik xakerlar saylovoldi kampaniyasi vaqtida mamlakat siyosiy tashkilotlari kompyuter tizimiga hujum qilishgani haqida ma'lum qilishgan. Bu Donald Trampga g‘alaba qozonishida yordam berish maqsadida amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin. Rossiyaning xakerlik hujumiga aloqadorligi yuzasidan esa bironta dalil-isbot keltirmadi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin kompyuter tizimlarini buzib kirish haqida to‘xtalib, taqdim etilgan ma'lumotlarda Rossiyaga aloqador jiddiy hech narsa yo‘qligini aytib o‘tdi.


 

Mavzuga oid