Sport | 19:50 / 04.01.2017
10404
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Portugaliyada futbolchiga yana qanday harakat uchun qizil kartochka ko‘rsatiladi?

Portugaliya ligasi kubogi doirasida kechgan «Portu» va «Moreyrense» jamoalari uchrashuvi vaqtida noodatiy voqea yuz berdi.

«Portu» yarimhimoyachisi Danilu Pereyra 3 daqiqa ichida ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi.

Dastlab u raqibini turtib yiqitgani uchun 76-daqiqada ogohlantirilgandi. Oradan uch daqiqa o‘tgach, bosh hakam Luish Godino bilan tasodifan to‘qnashib ketdi va hakam unga ikkinchi marta sariq kartochka ko‘rsatdi.

Yakunda «Portu» 0:1 hisobida yutqazib, musobaqani tark etdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid