Jahon | 09:28 / 05.01.2017
6342
2 daqiqa o‘qiladi

BMT IShIDning Iroqdan Suriyaga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi

Foto: AP

BMT Xavfsizlik kengashi IShID terrorchilarining Iroqdan Suriyaga o‘tib olishlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha ishni amalga oshiradi. XKga raislik qilayotgan shvetsiyalik diplomat Olaf Skug Mo‘suldagi vaziyat bo‘yicha Rossiya tashabbusi bilan o‘tkazilgan yopiq majlis yakuni bo‘yicha shunday bayonot berdi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, BMT bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Stiven O'Brayyen brifing qilgan. O'Brayyenning ma'lumotlariga ko‘ra, IShID nazoratidagi Mo‘sul shahrida 1 mlnga yaqin kishi qolmoqda. Umumjahon tashkiloti esa, ularga oziq-ovqatlar va zaruriy ashyolarni yetkazib bera olmayapti. Skugning aytishicha, XK a'zolari tinch aholi vakillari tushib qolgan vaziyat yuzasidan tashvish bildirib, Iroqdagi mojaroda ishtirok etayotgan tomonlarni xalqaro gumanitar huquqni hurmat qilishga chaqirgan. Shu bilan birga, Xavfsizlik kenngashi a'zolari "IShIDning qo‘shni Suriyaga o‘tib olmasligi uchun barcha choralarni ko‘rishini ta'kidlashgan". 

Iroqning ikkinchi yirik shahri bo‘lgan Mo‘sul ikki yildan ortiqroq vaqtdan beri IShID nazoratida. Uni ozod qilish bo‘yicha quruqlikdagi amaliyotlar 17 oktabrda boshlandi. Unda, Iroq hukumat kuchlari, shia ko‘ngillilari va kurdlarning "peshmerga" bo‘linmalari ishtirok etmoqda. Iroq HHK va AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya aviatsiyasi havodan ko‘mak bermoqda. T

Mavzuga oid