BMT Xavfsizlik kengaşi IŞID terrorçilarining Iroqdan Suriyaga ötib olişlariga yöl qöymaslik uçun barça işni amalga oşiradi. XKga raislik qilayotgan şvetsiyalik diplomat Olaf Skug Mösuldagi vaziyat böyiça Rossiya taşabbusi bilan ötkazilgan yopiq majlis yakuni böyiça şunday bayonot berdi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi. 

Uning sözlariga köra, BMT boş kotibining gumanitar masalalar böyiça örinbosari Stiven ÖBrayyen brifing qilgan. ÖBrayyenning ma'lumotlariga köra, IŞID nazoratidagi Mösul şahrida 1 mlnga yaqin kişi qolmoqda. Umumjahon taşkiloti esa, ularga oziq-ovqatlar va zaruriy aşyolarni yetkazib bera olmayapti. Skugning aytişiça, XK a'zolari tinç aholi vakillari tuşib qolgan vaziyat yuzasidan taşviş bildirib, Iroqdagi mojaroda iştirok etayotgan tomonlarni xalqaro gumanitar huquqni hurmat qilişga çaqirgan. Şu bilan birga, Xavfsizlik kenngaşi a'zolari "IŞIDning qöşni Suriyaga ötib olmasligi uçun barça çoralarni körişini ta'kidlaşgan". 

Iroqning ikkinçi yirik şahri bölgan Mösul ikki yildan ortiqroq vaqtdan beri IŞID nazoratida. Uni ozod qiliş böyiça quruqlikdagi amaliyotlar 17 oktabrda boşlandi. Unda, Iroq hukumat kuçlari, şia köngillilari va kurdlarning "peşmerga" bölinmalari iştirok etmoqda. Iroq HHK va AQŞ yetakçiligidagi xalqaro koalitsiya aviatsiyasi havodan kömak bermoqda. T