Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada benzin narxi oshishiga javoban do‘konlarni talab ketishmoqda
Meksikada benzin narxlari oshirilishi do‘konlarni tunab ketish holatlari keskin oshishiga sabab bo‘ldi. Mamlakat poytaxtidan tashqari kamida 6 viloyatda shunday harakatlar to‘lqini kuzatilgan.
Excelsior portali ma'lumotiga ko‘ra, Mexiko shahrida, Mexiko, Idalgo, Verakrus, Guanaxuato va Kintana-Roo shtatlari shaharlarida savdo markazlari talonchilik hujumlari nishonlariga aylangan.
Universal portali esa poytaxtdagi hujumlardan biri vaqtida qarshilik ko‘rsatgan politsiyachi o‘ldirilgani haqida yozgan.
Hukumat esa faqat Mexiko va Idalgo shaharlarida shunday holatlar kuzatilganini qayd etgan.
Mamlakat ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Rene Xuares Sisneros matbuot anjumatida shunday aksiya ishtirokchilaridan 250 nafari qo‘lga olingani haqida ma'lum qilgan.
Meksikada 1 yanvar kuni benzin uchun narxlar 20 foizga oshirilgandi. Bunga norozilik bildiruvchilar yo‘llarda harakatni to‘xtatib qo‘yishgan, Pemex kompaniyasining bir necha benzin sotish shoxobchalariga o‘t qo‘yilgan, keyin esa talonchilik to‘lqini avj olgan.

Guvohlarning ma'lumotlariga ko‘ra, Mexikodagi bir qator yirik savdo markazlari payshanba kuni xaridorlar uchun eshiklarini ochmagan, boshqalari esa qo‘riqlash xizmatini kuchaytirgan holatda ishlamoqda.
Mavzuga oid
23:45 / 12.06.2026
JCh boshlandi: Raul gol urdi, Eronni siqishmoqda
08:25 / 12.06.2026
JCh-26. Ochilish o‘yinida uchta qizil ko‘rsatildi
14:37 / 11.06.2026
Mundial tanishtiruvi. A guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
17:59 / 10.06.2026