Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikadagi bozorlardan birida otishma chiqdi
Bir necha noma'lum shaxs Meksikaning kurort shahri hisoblanmish Akapulkodagi bozorlardan birida otishma boshlashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi.
Gerrero shtati xavfsizlik xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, kamida 3 nafar qurollangan shaxs bozor hududiga kirib kelib, otishma boshlagan.
Bozordagilarning 5 nafari voqea joyida halok bo‘lgan, yana bir ayol shifoxonaga olib borilgach, jon bergan.
Ayni vaqtda hodisa bo‘yicha tekshiruvlar olib borilmoqda.
Gerrero shtati - Meksikaning jinoyatchilik avj olgan hududlaridan biri hisoblanadi. Bu hududda AQShga narkotik moddalar olib boruvchi jinoiy guruhlar harakatlanadi. Aynan shu shtat hududida 2014 yilning sentabrida namoyishga chiqqan 43 nafar talaba bedarak yo‘qolgan, keyinroq ma'lum bo‘lishicha politsiyachilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan bu talabalar Iguala shahridagi banditlarga topshirilgan, jinoyatchilar esa talabalarni o‘ldirib yuborgan.
Mavzuga oid
23:45 / 12.06.2026
JCh boshlandi: Raul gol urdi, Eronni siqishmoqda
08:25 / 12.06.2026
JCh-26. Ochilish o‘yinida uchta qizil ko‘rsatildi
14:37 / 11.06.2026
Mundial tanishtiruvi. A guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
17:59 / 10.06.2026