Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anqarada yangi metro yo‘nalishi ishga tushirildi
Turkiya poytaxti Anqara shahridagi o‘n yildan ortiq vaqt mobaynida qurilgan Keçiören (Kechio‘ran) metro yo‘nalishi nihoyat foydalanishga topshirildi. Uning tantanali ochilish marosimida prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va bosh vazir Binali Yildirim ishtirok etgan. Bu haqda www.dailysabah.com nashri yozmoqda.
Kechio‘ran metro yo‘nalishi 9 kilometrdan ortiqroq masofaga cho‘zilgan bo‘lib, uning qurilish ishlariga 1 mlrd turk lirasi (276 million AQSh dollari) miqdorida mablag‘ sarflangan.
Anqara shahar fuqarolari tomonidan uzoq vaqtdan buyon kutilayotgan metro 15 yanvarga qadar bepul xizmat ko‘rsatadi. Kechio‘randan boshlangan metro yo‘nalishida 9 ta bekat barpo etilgan. U Otaturk Madaniyat markaziga kelib tutashadi. Mazkur yo‘nalishda kuniga 50 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilishi taxmin qilinmoqda.
Mavzuga oid
09:16
Metroning yerusti yo‘nalishlarida poyezdlar tezligi pasaytirildi
20:25 / 14.07.2026
Turkiyada Netanyahuni hibsga olish uchun xalqaro order berildi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026