Jahon | 17:26 / 06.01.2017
6290
2 daqiqa o‘qiladi

2016 yilda Yevropaga yo‘l olgan besh mingdan ortiq muhojir halok bo‘ldi

Yevropaga 2016 yilda 360 mingdan ziyod muhojir O‘rta yer dengizi orqali kelgan. Shu bilan bir qatorda, besh mingdan ortiq inson yo‘lda halok bo‘ldi, deb xabar beradi muhojirlik bo‘yicha Xalqaro tashkilot.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Yevropaga 12 oy davomida dengiz orqali 363 248 muhojir va qochqin kelgan. Ularning aksariyati Gretsiya (173 mingdan ortiq) va Italiyada (181 mingdan ortiq) joylashtirildi. Sakkiz mingdan oshiqroq inson Ispaniya sohillarida tushib qolishgan. Italiya dekabrning so‘nggi haftasida 1647, Gretsiya esa 280 muhojir va qochqinni qabul qilib oldi.

Gretsiyaga 2016 yilda asosan suriyaliklar, afg‘onlar, iroqliklar, pokistonliklar va eronliklar kelishgan bo‘lsa, Italiyaga – nigeriyaliklar, eritreyaliklar, gvineyaliklar, shuningdek, Fil suyagi qirg‘og‘i va Gambiya davlatlari fuqarolari yo‘l olishgan.

Dengizda bir yil davomida 5079 muhojir va qochqin halok bo‘ldi. Bu holat Shimoliy Afrikadan Italiyaga bo‘lgan yo‘nalishda eng ko‘p kuzatilgan (4576 halok bo‘lgan inson). 

Tashkilot ma'lumotlariga ko‘ra, Yevropaga 2016 yilda quruqlik bo‘ylab 24 139 muhojir va qochqin keldi. O‘rta yer dengizi bo‘ylab kelganlarni hisobga olsa, ularning umumiy soni 12 oyda 387 487 kishini tashkil etdi.

Mavzuga oid