Jahon | 19:12 / 06.01.2017
6194
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan qozog‘istonlik o‘smirlar jazoga tortildi

Foto: RIA

Bir guruh qozog‘istonlik o‘smirlar Rossiya hududida qurollangan jihod uyushtirishga urinish hamda terrorni targ‘ib qilganlik uchun turli muddatdagi qamoq jazolariga mahkum qilindilar. Bu haqda Oqto‘be viloyati sudi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Guruhning 7 nafar a'zosi bo‘yicha sud ishi viloyatning jinoiy ishlar bo‘yicha ixtisoslashgan tumanlararo sudida ko‘rib chiqildi. Sudlanuvchilar Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 3 ta – terrorchilik guruhi yaratish va unda ishtirok etish, terrorchilikni targ‘ib qilish va diniy adovatni qo‘zg‘atish moddalari bo‘yicha ayblandilar.

Ma'lum qilinishicha, guruhning yetakchisiga aylangan Kudaybergenov "diniy ekstremizmni targ‘ib qiluvchi xorijiy imomlarning radikal qarashlarini qo‘llab-quvvatlab, Rossiya hududida huquq-tartibot muassasalari xodimlari va fuqarolariga qarshi qurollangan jihod uchun terrorchilik guruhi tashkil qilishga qaror qilgan".  

Guruh o‘z rejalarini ijaraga olingan yashirin kvartirada muhokama qilgan. Guruh a'zolari o‘zlarining qabih niyatilarini amalga oshirish uchun ov qurollaridan foydalanishni rejalashtirishgan. Keyinroq guruhni mahalliy maktab o‘quvchilari hisobiga kengaytirishga urinishlar bo‘lgan. Sud materiallariga ko‘ra, o‘smirlar Rossiyada tungi klublar va yirik savdo markazlarida teraktlar uyushtirmoqchi bo‘lishgan.

Guruh o‘z qarashlarini internetda ham targ‘ib qilgan.

Ma'lum qilinishicha, guruh yetakchisi 9 yil ozodlikdan mahrum qilingan. Qolgan sudlanuvchilar 6 yildan 9 yilgacha qamoq jazosi olishgan. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid