Jahon | 18:33 / 06.01.2017
4032
1 daqiqa o‘qiladi

Si Tszinpin Xitoyda korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishga chaqirdi

Foto: RIA "Novosti"

XXR raisi Si Tszinpin 6 yanvar kuni qilgan chiqishida Xitoyda korrupsiyaga qarshi kurashni yanada kuchaytirish fikrini bildirdi. 

Si Tszinpin Xitoy Kommunistik partiyasi intizomni tekshirish Markaziy komissiyasining plenar sessiyasida ishtirok etdi. Sinxua agentligining xabar qilishicha, Xitoy yetakchisi sessiyada qilgan ma'ruzasida "korrupsiyaga qarshi kurashni chuqurroq olib borilishi zarur"ligini ta'kidlagan.

Intizomni tekshirish Markaziy komissiyasi — Xitoy Kompartiyasining muhim organi bo‘lib, o‘z safidagi korrupsiya va boshqa suiiste'molliklarga qarshi kurashadi. Komissiya partiya safida tekshiruvlar o‘tkazib, ishni sudga oshirish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qiladi. 

Ta'kidlash kerakki, Si Tszinpin XXRga rais bo‘lgan 2013 yil martidan e'tiboran mamlakatda korrupsiyaga qarshi keng qamrovli kurash olib borilmoqda. Shundan beri minglab partiya mulozimlari intizomni buzganlari uchun jazolangan. 

Mavzuga oid