Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada maktab avtobusi ag‘darilib ketdi, qurbonlar bor
Turkiyaning Konya viloyati hududida harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobusi yo‘l-transport hodisasiga uchrashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi.
Daily Sabah xabariga ko‘ra, maktab o‘quvchilarini olib ketayotgan avtobus ag‘darilib ketgan, undagi yana 42 kishi turli darajada tan jarohatlari olgan. Jabrlanuvchilar yaqin hududdagi shifoxonaga yetkazilgan.
Dastlabki xabarlarga ko‘ra, YTHga yo‘lning muzlashi sabab bo‘lgan.
Xabar qilinishicha, avtobus o‘quvchilarning ota-onalari tomonidan ijaraga olingandi.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
15:48 / 13.06.2026
Bekobodda mashinada odam urib o‘ldirib, jasadni kanalga oqizib yuborgan “oper” 7 yilga qamaldi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
14:06 / 11.06.2026