Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama: respublikachilar demokratlardan ko‘ra Putinga ko‘proq ishonadilar
AQSh prezidenti Barak Obama ABC telekanali efirida AQShning Respublikachilar partiyasi vakillari o‘z yurtdoshlari demokratlardan ko‘ra Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ko‘proq ishonishlarini aytdi.
"Biz oxirgi vaqtda ko‘p izohlar ko‘rdik, ulardan demokrat bo‘lgan o‘zlarining yurtdoshlari amerikaliklardan ko‘ra Putinga ko‘proq ishonadigan respublikachilar, mutaxassislar va televideniye boshlovchilari borligi kelib chiqadi", deb aytdi Obama va bu holat unda jiddiy tashvish uyg‘otishini qo‘shimcha qildi.
Obama amerikaliklarni boshqa davlatlar yetakchilariga emas, balki o‘z yurtdoshlariga ishonishga chaqirdi.
"Men faqat bir narsani aytaman, men buni saylovlardan keyin ham aytganman, biz o‘zimizga bir jamoada ekanligimizni eslatib turishimiz kerak. Vladimir Putin esa bizning jamoada emas", deb ta'kidlab o‘tdi Obama.
Mavzuga oid
23:15 / 14.07.2026
AQSh Davlat kotibi Haaga tribunalini tugatishga va’da berdi
22:08 / 14.07.2026
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan kemalar o‘tishi uchun to‘lov olish fikridan qaytdi
10:10 / 14.07.2026
Lindsi Gremning o‘rnini uning singlisi egalladi
09:40 / 14.07.2026