Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu «Real» - «Granada» o‘yini oldidan «Oltin to‘p»ini namoyish etdi
Ispaniya chempionatining 17-turidan o‘rin olgan «Real»va «Granada» jamoalari uchrashuvi oldidan madridliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Santyago Bernabeu» stadionida 2016 yilning 12 dekabr kuni qo‘lga kiritgan «Oltin to‘p»ini namoyish etdi.
«Oltin to‘p»ni portugaliyalik futbolchisga «Real» klubining sobiq futbolchisi va faxriy prezidenti Fransisko Xento topshirdi.
Mazkur ramziy taqdirlash marosimida jamoaning sobiq futbolchilari Raymon Kopa, Ronaldo, Maykl Ouen, Luish Figu va Zinedin Zidan ishtirok etishdi. Ularning barchasi o‘z davrida mazkur sovrinni qo‘lga kiritishgan.
Shuningdek, Krishtianu Ronaldu uchrashuvda Nike kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan yangi maxsus butsalarda maydonga tushgan. Futbolchi butsaning suratini Instgramdagi sahifasiga joylashtirgan.

Mavzuga oid
18:03 / 11.06.2026
Messi va Ronalduda 6-mundial, Mbappe Klozedan o‘tishi mumkin. JCh-2026 intrigalari
16:03 / 27.05.2026
Forbes dunyoning eng serdaromad sportchilari reytingini e’lon qildi
11:34 / 22.05.2026
Ronaldu nihoyat Saudiyada chempion bo‘ldi
20:28 / 19.05.2026