Jahon | 18:56 / 07.01.2017
4044
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Baashikdan o‘z qo‘shinlarini olib chiqadi

Foto: EPA/SEDAT SUNA

Bag‘dod va Anqara o‘rtasida Iroq shimolidagi Baashik aholi punktida joylashgan turk qo‘shinlarini olib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Bu haqda As Sumaria telekanaliga Iroq bosh vaziri Haydar Al Abadiy ma'lum qilgan

"Turk qo‘shinlarini Baashikdan olib chiqish bo‘yicha Iroq talabi borasida kelishuvga erishilgan", - deb bayonot bergan Iroq bosh vaziri. 

Iroq hukumati bir necha marotaba Turkiyadan mamlakat shimolidagi harbiylarini olib chiqishni talab qilgan edi. Rasmiy Bag‘dodga ko‘ra, Baashikda turk harbiy bo‘linmalarining bo‘lishi Iroq ichki ishlariga aralashish hisoblanib, davlat suverenitetini buzgan. Anqara ma'muriyati, Iroq rasmiylarining mamlakat shimoliy hududlarida turk kuchlari bo‘lishiga ruxsat berganini iddao etib, Bag‘dodning turli qarashini anglay olmayotganini ta'kidlagandi. 


 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid