Jahon | 22:03 / 08.01.2017
25697
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Afg‘onistonga yana o‘z qo‘shinlarini yuboradi

© AP Photo/ Gregory Bull

AQSh hukumati 2014 yilda Afg‘onistonning Gilmend viloyatidan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketgandan keyin bu viloyatga dengiz piyoda askarlarini birinchi marta yubormoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda

AQSh armiyasi general-mayori Rojyer Ternerning jurnalistlarga aytishicha, 300 ga yaqin askar Gilmendga mahalliy xavfsizlik kuchlariga "Tolibon" radikal harakati jangarilari bilan kurashda yordam bergani uchun yuboriladi.

Generalning ta'kidlashicha, piyoda askarlarning joylashtirilishi qo‘shinlarning muntazam rotatsiyasi doirasida o‘tkaziladi. Ular hozirda afg‘on harbiylarini tayyorlashda ishtirok etayotgan harbiylarning o‘rinlarini egallashadi.

Gilmendda AQShning ikkita bazasi: Camp Letherneck va Camp Bastion joylashgan edi. Gilmendda qo‘shinlarning 2014 yili olib chiqilishi Afg‘onistonda xalqaro missiya faoliyatining tugatilishi bo‘yicha eng yirik operatsiyalardan biri bo‘ldi. 

AQSh Afg‘onistonga o‘z qo‘shinlarini 2001 yilda "Tolibon" tuzumini ag‘darish va "Al-Qoida" terrorchilari bilan kurashish uchun kiritgandi. Dastlab qo‘shinlar 2014 yilda to‘liq olib chiqib ketilishi rejalashtirilgandi, biroq Afg‘onistonning hozirgi ma'muriyati harbiylarning bir qismini mahalliy xavfsizlik kuchlariga yordam tariqasida qoldirishni iltimos qilgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid