Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yelizaveta II kasallikdan keyin ilk marta omma oldida namoyon bo‘ldi
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II og‘ir shamollashni boshdan o‘tkazib, so‘nggi uch haftada birinchi marta omma oldida namoyon bo‘ldi. U o‘zining Sendringem qarorgohi (Norfolk grafligi) yaqinidagi Muqaddas Mariya Magdalena cherkoviga tashrif buyurdi. Bu haqida TASS agentligida xabar berildi.
Manbaga ko‘ra, Yelizaveta II u yerga Kembrij gersogi Uilyam, gersoginya Keyt hamda nevaralari Jorj va Sharlottalar bilan borgan.
O‘tgan yili 90 yoshligini nishonlagan Buyuk Britaniya qirolichasi va uning 95 yoshli turmush o‘rtog‘i Edinburg gersogi Filip 2016 yilning dekabr oyida jiddiy shamollab qolishdi. Ular 22 dekabr kuni o‘zlarining Norfolk grafligidagi qarorgohiga vertolyotda yetib kelishdi. Keyinchalik monarxning Sendringemdagi Rojdestvo va Yangi yil bayram tantanalarida ishtirok eta olmasligi ma'lum bo‘ldi. Bu 1988 yildan beri birinchi marta qirollik protokolining buzilishi edi.
Yelizaveta II 1952 yilda 25 yoshida taxtni egallagan. O‘tgan yilning sentabrida u taxtga egalik qilish bo‘yicha qirolicha Viktoriyaning rekordini ortda qoldirdi.
2017 yilning 21 aprelida Britaniya qirolichasi 91 yoshga to‘ladi.
Mavzuga oid
18:06 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev lord Stokvud boshchiligidagi Britaniya delegatsiyasini qabul qildi
10:30 / 16.06.2026
BBC va FT: Starmer bilan bog‘liq yong‘inlar ortida Rossiya izi bo‘lishi mumkin
23:06 / 15.06.2026
Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
19:31 / 14.06.2026