Sport | 20:38 / 08.01.2017
4673
1 daqiqa o‘qiladi

«Liverpul» to‘rtinchi divizion jamoasini yenga olmadi

«Liverpul» Ikkinchi liga (Angliya chempionatida to‘rtinchi divizion) vakili «Plimut Argayl» bilan Angliya Kubogining 1/32 finali doirasida kuch sinashdi. Liverpuldagi «Enfild» stadionida kechgan uchrashuvda hisob ochilmadi - 0:0.

Birinchi bo‘limda mezbonlar hududiy ustunlikka ega bo‘lishdi. «Liverpul» ko‘p vaqtni hujumda o‘tkazdi, lekin golga tortadigan vaziyatlar ko‘p bo‘lmadi. Tanaffusdan keyin ham umumiy kartina o‘zgarmadi: «Plimut» chuqur himoyalandi va durangga erishdi.

Endi bu jamoalar keyingi bosqichga chiqish uchun qaytadan o‘yin o‘tkazishadi.

Liverpul – Plimut 0:0
Liverpul – Karius, Aleksander-Arnold, Gomes, Moreno, Edjaria (Lallana, 75), Styuart, Jan (Starridj, 63), Leyva, Odjo, Vudbern (Firmino, 75), Origi.
Plimut – Makkormik, Bredli, Songo’O, Perrington, Trelkeld, Keri, Foks, Miller (Smit, 76), Garita (Tenner, 65), Jyervis, Slyu.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid