Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshaga AQSh zirhli tank brigadasi harbiylari yetib keldi
Polshaga 7 yanvarda AQSh zirhli tank brigadasi harbiylarining birinchi guruhi yetib keldi. Bu haqda RAR axborot agentligi xabar bermoqda. Polshaga 250 amerikalik askar NATOning sharqiy qanotini mustahkamlash bo‘yicha Atlantic Resolve operatsiyasi davomida tashlandilar.
"Polsha radio" ma'lumotlariga ko‘ra, harbiylar Jagan, Sventoshuv, Skvejina va Boleslavets shaharlarida joylashtiriladilar va u yerda 9 oy bo‘ladilar.
Polshada amerikalik askarlarning joylashtirilishi yanvar oyining oxirigacha yakunlanishi kerak. Mamlakatga 3,5 ming harbiy, 400 dan ortiq gusenitsali va 900 ga yaqin g‘ildirakli texnika, jumladan 87 tank, 18 ta o‘ziyurar gaubitsa, 400 ta avtomobil keltiriladi.
2016 yil 22 noyabrda Polsha mudofaa vaziri Antoniy Macherevich Polshaga NATOning ko‘pmillatli bataloni askarlari kelishini ma'lum qilgandi.
Rossiya hukumati NATO qo‘shinlarining o‘z hududiga yaqinlashishini xavfsizlikka tahdid sifatida baholashini bir necha marotaba aytgan. Oktyabrda Moskva NATO batalonlarining Polsha va Boltiq davlatlariga yuborilishiga javob berishga va'da bergandi.
Mavzuga oid
23:15 / 14.07.2026
AQSh Davlat kotibi Haaga tribunalini tugatishga va’da berdi
22:08 / 14.07.2026
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan kemalar o‘tishi uchun to‘lov olish fikridan qaytdi
10:10 / 14.07.2026
Lindsi Gremning o‘rnini uning singlisi egalladi
09:40 / 14.07.2026