Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvartsenegger Trampning tanqidiga javob berdi
Mashhur aktyor Arnold Shvartsenegger AQSh prezidenti etib saylangan Donald Trampning tanqidiga tvitterda javob berdi.
Avval Tramp Shvartseneggerga prezidentlik saylovlarida Xillari Klintonni qo‘llab-quvvatlaganini eslatib, aktyorni u boshlovchilik qilgan "Mashhurning shogirdi" realiti-shousining past reytinglari uchun tanqid qilgandi. Aktyor shouning boshlovchisi bo‘lgan, biroq muvaffaqiyatga erisha olmagach, uni past reytinglar sababli tark etgandi.
"Men sizga katta omad tilayman. Umid qilamanki, siz barcha amerikaliklar uchun reytingiz uchun ishlaganday astoydil ishlaysiz", deb javob bergan aktyor.
Bundan tashqari, aktyor Trampga AQShning 16-prezidenti Avraam Linkolnning so‘zlarini unutmaslikni maslahat bergan.
"Biz dushmanlarmasmiz. Biz barchamiz amerikalikmiz", deb Linkolnning so‘zlarini eslatib o‘tgan aktyor.
Mavzuga oid
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020