Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Los-Anjyelesda «Oltin globus» mukofotlarini topshirish marosimi boshlandi
AQShning Los-Anjyeles shahrida «Oltin globus» 74-kinotelevizion mukofotlarini topshirish marosimi boshlandi. Bu haqda NBC xabar bermoqda.
Mukofotlarni topshirish marosimida amerikalik komik Jimmi Fellon birinchi marta boshlovchilik qilmoqda – u siyosiy masalalarda hazillar qilishga va'da bergan.
Aktyorlar Aaron Teylor-Jonson («Tun qorog‘usida» filmidagi roli), shuningdek Billi Bob Tornton («Goliaf» serialidagi roli uchun) ilk mukofotlarga loyiq ko‘rildi.
Shuningdek, “Atlanta” komediya yo‘nalishidagi eng yaxshi serial deb topilgan bo‘lsa, bunday serialdagi eng yaxshi ayol roli uchun Treysi Ellis Ross mukofotga loyiq ko‘rildi. 2016 yilning eng yaxshi mini-seriali deb “Xalq O.Jyey Simpsonga qarshi” seriali tan olindi. Mini serialdagi eng yaxshi ayol roli uchun Sara Polson mukofotni qo‘lga kiritdi. Viola Devis esa “To‘siqlar” filmidagi ikkinchi darajali rol uchun “Oltin globus”ni qo‘lga kiritdi.
Ma'lumot uchun, “Oltin globus” mukofotlari 1942 yildan beri Hollivudda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy jurnalistlar tomonidan e'tirof etilgan kinofilm hamda televizion kartinalar uchun topshirib kelinadi.
Mavzuga oid
22:43 / 08.10.2025
Los-Anjyelesdagi dahshatli yong‘in ishi bo‘yicha gumonlanuvchi qo‘lga olindi
12:30 / 03.09.2025
Sud Trampning Los-Anjyelesga qo‘shin kiritganini noqonuniy deb topdi
13:14 / 22.07.2025
Los-Anjyelesdan 700 nafar dengiz piyoda askari olib chiqiladi
15:32 / 12.06.2025