21 iyul, duşanba kuni keçqurun Pentagon vakili Şon Parnellning ma’lum qilişiça, AQŞ Immigratsiya va bojxona nazorati (ICE)ning Los-Anjyelesda iyun oyida bölib ötgan reydlariga qarşi ommaviy norozilik namoyişlari tölqinidan söng şahardagi vaziyat yana barqarorlaşdi. Ötgan hafta Pentagon Los-Anjyelesda joylaştirilgan 4000 ga yaqin Milliy gvardiya qöşinining yarmiga yaqini olib çiqib ketilganini ham e’lon qildi.
Uşbu 700 dengiz piyoda askari iyun oyining örtalarida Kaliforniyadagi "Kemp-Pendlton" bazasidan Los-Anjyelesga yuborilgan. AQŞ prezidenti ma’muriyati bu qarorni «federal xodimlar va binolarga nisbatan tahdidlarning kuçayişi» bilan oqladi.
Trampning özi ham Truth ijtimoiy tarmoğidagi postida avvalroq Kaliforniyadagi tartibsizliklarni «noqonuniy muhojirlar va jinoyatçilar» tomonidan bosib oliniş deb atagan edi. Dastlab u yerga Milliy gvardiyaning 2000 askarini yuborişni buyurdi. Keyinroq ştatning demokrat gubernatori Gevin Nyusom federal hokimiyat Los-Anjyelesga 4000 nafar Milliy gvardiya askarini yuborganini e’lon qildi.
Milliy gvardiya oxirgi marta Kaliforniyada 2020 yilda afroamerikalik Jorj Floydning politsiya iştirokida ölimi tufayli yuzaga kelgan tartibsizliklarga javoban joylaştirilgan edi.








