Kaliforniya şimoliy okrugi federal sudi AQŞ ma’muriyatining muhojirlarga qarşi reydlarga qarşi norozilik namoyişlari fonida Los-Anjyelesga AQŞ Milliy gvardiyasi va dengiz piyoda askarlarini joylaştiriş qarorini noqonuniy deb topdi. Bu haqda 2 sentabr, seşanba kuni CNN telekanali xabar berdi. Sudya Çarlz Breyyer prezident Donald Tramp va mudofaa vaziri Pit Hegset 1878 yilda qabul qilingan, ayrim istisnolardan taşqari, politsiya va huquqni muhofaza qiliş maqsadlarida içki işlarda harbiylardan foydalanişni taqiqlovçi qonunni buzgan deb qaror qildi.

Sud Kaliforniyada hibsga oliş, tintuv qiliş, patrul qiliş va köçalarni tösiş uçun harbiylardan foydalanişni taqiqladi. Biroq Tramp ma’muriyatiga apellyatsiya şikoyati beriş uçun vaqt beriş maqsadida uşbu qarorning kuçga kirişi 12 sentabrga qoldirildi. OAV ma’lumotlariga köra, Vaşington hozirdanoq sud hukmini prezidentning konstitutsiyaviy vakolatlarini çeklaş deb hisoblab, ustidan şikoyat qilişga hozirlik körmoqda.

Da’vo Kaliforniya gubernatori, Demokratik partiya vakili Gevin Nyusom tomonidan berilgan. Uning ta’kidlaşiça, harbiylar Los-Anjyelesda öz vakolatlaridan taşqarida bölgan politsiya funksiyalarini bajargan. Sud bu dalillarga rozi böldi. Gubernatorlik ma’lumotlariga köra, ştat aholisi «Trampning şaharni noqonuniy harbiylaştirişiga javob qaytarişga» erişgan.