Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sankt-Peterburgdagi universitet binosidan o‘qituvchining jonsiz tanasi topildi
Rossiya tergov qo‘mitasining Sankt-Peterburg boshqarmasi Katta dengiz ko‘chasidagi binodan jonsiz holatda topilgan erkak jasadi yuzasidan tekshiruv ishlarini boshlab yubordi. Bu haqda 9 yanvar kuni tashkilot matbuot xizmati ma'lum qilgan.
«Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, erkak o‘z joniga qasd qilgan. Bu qanday amalga oshirilgani aniqlanmoqda», — deyiladi ma'lumotda.
RIA Novosti agentligining manbasiga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlarining ma'lum qilishicha, marhum Sankt-Peterburg davlat universitetida aerokosmik asbobsozlikdan dars bergan. O‘limoldi yozuv qoldirmagan.
«Fontanka»ning yozishicha, 1952 yilda tug‘ilgan erkak sifat boshqaruvi kafedrasining laboratoriyasida yetakchi bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:13 / 08.04.2026
Neft, gaz va o‘g‘it: Ho‘rmuz sabab RF daromadlari keskin oshishi mumkin
10:09 / 08.04.2026
Rossiya sudi “Ichkeriya”ni terroristik tashkilot deb topdi
09:45 / 08.04.2026
Rossiya va Xitoy Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha BMT rezolyutsiyasini to‘sdi
09:26 / 08.04.2026