Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kartoshkaning 52 mln yillik "bobosi" topildi
Argentinada 52 million yillik ikki qazilma hosili topildi. Topilma ko‘plab zamonaviy o‘simliklar, shu jumladan kartoshka va pomidorning evolyutsiyasini tushunishga yordam beradi. Science jurnali shu haqida ma'lumot berdi.
Manbaga ko‘ra, o‘simlik ituzumlar oilasiga kiradi. Hozirda ular hamma yerda tarqalgan, lekin ularning erta tarixi hozircha noma'lum - olimlar faqat bir nechtagina qazilma urug‘ini topishgan. Topilma ituzumlar oilasining eng yirigi hisoblangan fizalislarga mansub. Fizalislarning turlaridan biri - sabzavot fizalisi tomatlarga qarindosh hisoblanadi va Meksika oshxonasida qo‘llaniladi. Topilmaga ko‘ra, fizalis va ituzumlar avvalgi ma'lumotlardan ancha oldinroq paydo bo‘lgan: sabzavot fizalisi ilgari 25 million yil avval paydo bo‘lgani taxmin qilinardi.
Tadqiqot o‘tkazilgan hududda 6 mingga yaqin qazilma o‘simliklari topilgan, biroq ularning faqat ikkitasigina fizalislarga tegishli bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:09 / 13.12.2025
O‘zbekistonda zo‘ravonlikka uchragan ayollarning 27 foizi bunday holatlarga ayollarning o‘zlari aybdor bo‘lishlarini ta’kidlagan - tadqiqot
11:30 / 10.12.2025
Yangilangan prognoz: O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,5 foizga o‘sishi mumkin
17:24 / 08.12.2025
Xitoy dunyodagi eng uzoq aviaqatnovni yo‘lga qo‘ydi
07:20 / 06.12.2025