Iqtisodiyot | 16:14 / 10.01.2017
9016
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyaga boruvchi sayyohlar soni keskin kamaymoqda

2016 yil Turkiya sayyohlik industriyasi uchun eng yomon yillardan biri sifatida qayd etildi. O‘tgan yili mamlakatning Istanbul shahriga o‘tgan yilda tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar soni bo‘yicha so‘nggi 16 yilda ilk marta pasayish kuzatilgan. Yevropa va Osiyoni bog‘lovchi shaharga 2016 yilda kelgan sayyohlar soni 26 foizga kamaygan va 9,2 mln kishini tashkil etgan, deb xabar qilmoqda Rossiya sayyohlik operatorlari Assotsiatsiyasi. 

"Xorijiy sayyohlar soni kamayishi AQSh (-43,2 foiz) va Rossiya (-39,2 foiz) hissasiga to‘g‘ri keladi", — deyiladi xabarda. 

Bundan tashqari, Turkiyadagi boshqa dam olish maskanlariga bo‘lgan qiziqish ham pasayib borayotgani kuzatilgan. Xususan, 2016 yilda Antaliyaga borgan sayyohlar soni 2004 yil ko‘rsatkichiga tushgan. Kurort hokimiyati ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilda Antaliyaga kelgan sayyohlar soni 43 foizga kamayib, 6 million kishini tashkil etgan. 

Turkiyaning yana bir mashhur dam olish maskani Bodrum ham 43,4 foiz xorijiy sayyohlar oqimini boy bergan. 2016 yilda bu yerga 453 ming dam oluvchi kelgan, 2015 yilda bu raqam 797 ming nafarni tashkil etgan.

Mavzuga oid