Sport | 15:01 / 10.01.2017
24192
1 daqiqa o‘qiladi

JCh ishtirokchilari soni oshirilgani rasman e'lon qilindi

FIFA jahon chempionati ishtirokchilari soni 32tadan 48taga oshirilganini rasman e'lon qildi. Bu o‘zgarish 2026 yilgi jahon chempionatidan boshlab amalda bo‘ladi.

FIFAning amaldagi prezidenti Janni Infantino bunday o‘zgarishni joriy etishni saylovoldi dasturining asosiy jihati sifatida ma'lum qilgandi.

Turnir formati endi shunday bo‘ladi: 48 terma jamoa 3tadan bo‘lib, 16 guruhni tashkil qiladi. Birinchi va ikkinchi o‘rin egalari keyingi bosqichga o‘tadi.

Bundan oldingi xabarlarda yangi formatga ko‘ra, guruh bosqichida durang natija bo‘lmasligi mumkinligi aytilgandi. 

JCh-2026da OFKning 8ta terma jamoasi ishtirok etishi ko‘zda tutilmoqda.

Jahon chempionati kvotalarining qit'alar bo‘ylab taqsimoti:
Yevropa — 16
Afrika — 9
Osiyo — 8
KONMeBOL — 6,5
KONKAKAF — 6.5
Okeaniya — 1
Mezbon — 1

Mavzuga oid