Bugun Özbekiston milliy jamoasi öz tarixidagi eng muhim öyinlardan birida maydonga tuşadi. BAA vakillariga qarşi öyindagi ijobiy natija (ğalaba yoki durang) Özbekistonni şu kuniyoq rasman JÇ-2026 iştirokçilari safiga qöşişi mumkin.

Temur Kapadze navbatdagi öyinlarga jalb qilgan futbolçilar ma’lum va ularning faoliyati muntazam kuzatuvimiz ostida. Albatta, legionerlarning holati va ayni paytdagi öyin amaliyoti ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiiyki, Superligada maydonga tuşayotgan futbolçilardan könglimiz töq, zero agar yetarli sport formada bölmasa murabbiy tomonidan jalb qilinmasligini ham bilamiz. Şuning uçun quyida asosan xorijda töp surayotgan futbolçilarimizning klubdagi faoliyatiga töxtalib ötilgan.

Ötkir Yusupov («Fulad», Eron)

Darvozabon Eron çempionati peşqadamlaridan biri, ayni damda 4-örinda borayotgan «Fulad» safida asosiy tarkibda tuşişda davom etmoqda. Milliy jamoadagi sönggi yiğinlardan söng u klubida 6 uçraşuvda darvozani qöriqladi va 5 gol ötkazib yubordi. Yusupov öz sport formasini öyin amaliyoti bilan saqlab kelmoqda va kuzgi öyinlar qahramoni hal qiluvçi pallalarda ham öz vazifasini a’lo darajada bajaradi, deb umid qilamiz.

Eldor Şomurodov («Roma», Italiya)

Aytiş mumkinki, sönggi yiğinlardan keyingi davrni eng yaxşi ötkazgan futbolçimiz Eldor böldi. Mavsumning ikkinçi davrasida  u «Roma»ning asosiy tarkib futbolçisiga aylanib oldi va bir qator muhim uçraşuvlarda hal qiluvçi rollarni ijro etdi. Jumladan «Verona» darvozasiga ğalaba goli, «Yuventus»ga qarşi mağlubiyatdan qutqaruvçi golni urganini eslaş mumkin. «Inter» va «Fiorentina» bilan öyinlarda aynan Şomurodov uzatgan paslar golga aylanib, 1:0 hisobidagi ğalabalar qayd etildi.

Eldor 2024/25 yillar mavsumini 7 gol va 5 assist bilan yakunlab, Yevropa maydonlaridagi eng yaxşi natijasini yangiladi. Bundan oldin u «Roma»dagi ilk mavsumida (2021/22) 5 gol va 6 assist qilişga muvaffaq bölgandi. Sardorimizning yaxşi sport formasi va kayfiyati muhim bahslarda hal qiluvçi ahamiyat kasb etsa ajab emas.

Abbosbek Fayzullayev (TsSKA, Rossiya)