JÇ-2022. 1-tur. A guruhi
Qatar — Ekvador 0:2
Gollar: Valensiya (16 penalti, 31).
Qatar – Aş Şib, Pedro, Huhi, Hasan, Ar Ravi, Ahmad, Xotam, Budiaf, Al Haydos (Vaad, 72), Almoaz (Muntari, 72), Afif.
Ekvador – Galindes, Presiado, Torres, Inkapie, Estupinyan, Plata, Ibarra (Sarmiyento, 68), Mendes, Kaysedo (Franko, 90), Valensiya (Sifuyentes, 77), Estrada (Rodriges, 90).
Ogohlantirişlar: Aş Şib (15), Almoaz (22), Kaysedo (29), Mendes (25), Afif (78).
Köpçilik allaqaçon Qatardagi jahon çempionatini tarixdagi eng mojarolisi deb atamoqda — turnir starti arafasida çindan ham qator taşviş uyğotuvçi holatlar bölib ötdi. Turli şov-şuvli voqealar fonida (öyinlar boşlanişiga ikki kun qolganida stadion hududida alkogolli içimliklar sotilişi taqiqlanişi kabi) butkul yomon xabar tarqaldi — unga köra qatarliklar Ekvador jamoasining sakkiz futbolçisini oçiliş öyinini 0:1 hisobida boy berişlari uçun sotib olişgani aytildi. Hatto aniq raqamlar keltirildi — 7,4 million dollar.
Lekin bu miş-mişlar quruq safsata bölib çiqdi: manbalar juda şubhali edi, bu ma’lumotni birorta yirik naşr tasdiqlamadi. Qolaversa, bunday darajadagi va keng yoritiladigan turnirda kelişilgan öyinlar bölişi imkonsiz iş edi.
Öyinning ilk daqiqalaridanoq Ekvador tarqalgan miş-mişlar haqiqatga butkul zid ekanini isbotlaşga kirişdi: janubiy amerikaliklar ilk daqiqalardanoq öyin nazoratini qölga olişdi va raqibga öz hududiga ötişga deyarli imkon bermadi. Ekvadorliklar hujumçisi Enner Valensiya öyinning uçinçi daqiqasidayoq darvozani işğol etdi, ammo bu gol Valensiyaning hujumdagi şerigi Maykl Estrada ofsaydda qolib ketgani tufayli bekor qilindi. Ofsaydni aniqlaşda yangi texnologiya katta sahnaga çiqdi.

Ammo ekvadorliklar töxtaş haqida öylaşmadi. Ön daqiqa ötib yana Valensiya diqqat markazida böldi — jarima maydoniga kirib borib, darvozabon bilan yakkama-yakka holatga çiqqan hujumçi yiqitildi. Bu vaziyatda hakamda 11 metrli nuqtani körsatişdan boşqa variant yöq edi. Tajribali Enner esa maksimal darajadagi xotirjamlik bilan darvozabon va töpni boşqa boşqa burçaklarga yönaltirdi. Turnirning hisoblangan goli penaltidan urildi. Bu jahon çempionatlari tarixida ilk bor turnirning 1-goli penaltidan urilişi böldi.
Öyinning barça jabhalarida qatarliklardan ustun bölgan Ekvador bosim qilişda davom etdi — lotinamerikaliklar saralaş bosqiçida ham ajoyib natijalar qayd etgan va yuqori saviyadagi jamoa ekanini namoyiş qilişgandi, bu yerda esa «qotil» rejimi yoqildi, har bir töqnaşuvda maksimal qat’iyat körsatildi va raqibga töpga egalik qiliş imkonini berişmadi. Natijada köp ötmay, Al-Şeyeba darvozasiga ikkinçi gol ham yöllandi va yana Valensiya öz nomini tabloga yozdirib qöydi. Enner ikki golini taniqli ekvadorlik forvard Kristian Benitesga bağişladi, u 2013 yili, 27 yoşida Qatar poytaxti Dohada yuragi töxtab vafot etgandi — şu tufayli jamoaning barça futbolçilari gollarni birgalikda, maydonga tiz çökkan holda nişonlaşdi.

Enner birinçi bölimning asosiy yulduzi böldi — penalti işladi, ikki gol urdi va ikki marta töqnaşuvlarda jarohat oldi, bu töqnaşuvlardan birida uni maydondan olib çiqiş uçun zambil ham çaqirişdi. Ammo 2014 yilgi jahon çempionatida ham Ekvadorning uç goliga mualliflik qilgan uşbu faxriy futbolçi nafaqat mahoratini, balki xarakterini ham namoyiş etdi va ikki safar ham maydonga qaytdi.
Qatarliklar esa öyin davomida öta qöpol harakat qilişdan boşqa narsa körsata olişmadi — raqib darvozasi atrofida xavfli vaziyatlar deyarli yuzaga keltirilmadi, mudofaada böş nuqtalar köp edi, pressing kuçsiz böldi, hatto kombinatsiyalar amalga oşirilmadi — köp hollarda uçinçi yoki törtinçi uzatmadan keyin töp yöqotildi. JÇ mezboni oçiliş öyinida bu qadar yomon öynab, imkonsiz köringani oxirgi bor qaçon röy berganini eslaş qiyin. Bölim davomida faqat bir bor — 25 metr masofadan tribuna tomon zarba yöllandi.
Adolat uçun aytiş kerak, ikkinçi bölimda qatarliklar nisbatan yaxşiroq körindi — hatto darvoza sari uç bor zarba yöllandi, lekin ularning birortasi darvoza sohasiga töğri bormadi. Aftidan, mezbonlarning faollaşuvi tanaffusdan keyin raqib ança sovuqqonlik bilan harakatlana boşlagani tufayli röy berdi — Ekvador endi oldinga taşlanişga şoşilmadi va qoniqarli hisobga erişilganida kuç tejab öynay boşladi.
Öyinda şu hisob saqlanib qoldi — Ekvador işonçli ğalabaga erişib, guruhdan çiqiş uçun katta qadam taşladi, yarim yil davomida turnirga qattiq tayyorlangan Qatar esa heç narsa körsata olmadi. Şu tariqa, mundiallarning 92 yillik tarixida ilk bor mezbon jamoa oçiliş öyinida yutqazdi.
Guruhning ikkinçi öyinida bugun Niderlandiya Senegal bilan bahs yuritadi.














