Şoşma... men seni tanidim. Qayerdadir körganman, balki yomğir yoqqanda bir soyabon ostida futbol tomoşa qilgandirmiz? Balki çipta olayotib röbaru kelganmiz yo mendan stadion qayerdaligini söragansan-u, yölning qolganini birga bosib ötganmiz. Balkim qöşnimsan, hamşahar, qarindoş, vatandoş...

...balki sen mening özimdirsan. Mening yoşligim...

Qayerga ketayotganingni ham bilaman. Qölingda bayroq, yangiça hayajon. Axir mustaqil bölding, endi sening ham öz jamoang bor, endi dunyoga hayqirişing, bir jamoaga, bir yurtga mansub ekaning haqida jar solişing mumkin.

Işonç ham katta. Axir yaqinda mana şu yigitlar Xirosimada Osiyoning zörlarini yer tişlatmadimi? Demak, biz kuçlimiz, Osiyo çöt emas, hali dunyoga çiqamiz, mundialda öynaymiz. Özbekning kimligini hamma köradi, tan oladi, ehhe...

Qayoqda... Senga qattiq ta’sir qilmasligi uçun oldindan aytib qöyay – unday bölmaydi. Ilk uriniş katta dars böladi. Koreyslar Toşkentga kelib ketma-ket gol urayotganda hammasini tuşunasan – uzoq bir yölning boşidamiz. Yöq, kibr bilan emas, katta mehnat bilan sodir bölar ekan hammasi. Kelasi safar boşqaça böladi.

Kelasi safarlar yana neça marta takrorlanişini bilsang, balki futboldan köngling sovib ketarmidi? Sönggi daqiqalarda Xitoy darvozasiga Şirşov gol urib, muxlislar tomon talpinganida, panjara tomon yugurgan ham özingsan. Xursandçiliging hatto örningga qaytgunça ham çözilmagani, boşqa öyin natijasi bizni mana şu stadionda qoldirib ketganini bilganingdagi holat... na hammaga qöşilib sevinişni, na bu gol juda keç urilgani uçun açinişni bilasan. Yana bitta dars böldi – çetdan har qança yordam çaqirişing mumkin, foydasi yöq. Mağlubiyatlar faqat bizniki ekan, demak ğalabaga ham faqat özimiz erişişimiz şart. Boşqa yöl bölmaydi.

Keyingi dars hammasi maydonda hal bölişi kerakligini anglaganingda röy berdi. Biz Bahrayndan kuçli edik axir. Biz doim Bahrayndan kuçli bölganmiz, şunday emasmi? Avvaliga yaponiyalik hakam Yoşida xato qiladi, keyin buni tuzatiş uçun yozgan xatimiz özimizga çoh qaziydi...

Muxlis zoti qiziq ekan. Barçasidan köngli sovib, boşqa qaytib kelmaslikni qasam içgan stadioniga qaytaveradi. Bu safar boşqaça bölar?

Keyingi safarlar yanada alamli bölsa böldiki, köngildagi yara bitmadi. Qatarga beşinçi golni yiğlab nişonladik, qaniydi yana ikki daqiqa bölsa-yu, yana ikki gol urib mundialga çiqsak. Eronni safarda yutdik, Koreya bilan öyinda bir gol yetmadi, axir bunçalik yaqin masofadan qaytiş naqadar oğir.