Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chernogoriya yaqin orada NATO tarkibiga qabul qilinishi mumkin
AQSh senatori Jon Makkeyn Chernogoriya bosh vaziri Dushko Markovich bilan o‘tkazgan telefon orqali muloqoti doirasida bayonot berishicha, ushbu mamlakat yaqin orada NATO tarkibiga kirishi mumkin. Bu haqda Chernogoriya hukumati rasmiy saytida ma'lum qilingan.
«Amerika senati yaqin orada Chernogoriyaning alyansga kirishiga oid protokolni ratifikatsiya qiladi», — deyiladi xabarda.
Xabarda ta'kidlanishicha, Makkeyn Markovichni bosh vazirlikka saylanishi bilan qutlagan va mamlakatga tashrif buyurish niyati borligini aytgan.
Avvalroq, Rossiya TIV umumevropa hamkorligi departamenti direktori Andrey Kelin, Chernogoriya NATO talablariga mos kelmasligi haqida bayonot bergan edi.
Mavzuga oid
21:57 / 13.07.2026
Ukraina va Yevropa davlatlari raketaga qarshi mudofaa koalitsiyasini tuzdi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
11:30 / 10.07.2026
NATO to‘rt davlat qiyofasida yangi raqibni ko‘rmoqdami?
18:32 / 09.07.2026