Jahon | 15:55 / 11.01.2017
7242
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston politsiyasi qo‘l radarlaridan voz kechmaydi

Arxiv fotosi

Qozog‘iston politsiyasi qo‘l radarlaridan voz kechishni rejalashtirmayapti, deb xabar qilmoqda Tengrinews.kz sayti. Bu haqda tahririyatning IIV vazirligiga yo‘llagan murojaatiga rasmiy javob maktubida so‘z yuritilgan. 

"Yo‘l-patrul politsiyasi xodimlari tomonidan YHQ buzilishini qayd etish uchun qo‘l radarlaridan foydalanishni to‘liq yoki qisman taqiqlash masalasi ayni vaqtda ko‘rib chiqilmayapti", - deyiladi Qozog‘iston IIV maktubida. 

Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, tezlikni o‘lchovchi qurilmalarni patrul mashinalari ichiga yoki tashqarisiga joylashtirishga ruxsat beriladi. 

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil 1 yanvaridan e'tiboran, qozog‘istonlik politsiyachilar xizmat vakolatlarini bajarishda qo‘l tayoqchasidan foydalanmayapti.

Avtomashinalarni to‘xtatish bir qo‘l bilan ishora va bir vaqtning o‘zida hushtak chalish yoki maxsus tovush va avtopatrul mashinalarining yorug‘lik ishoralariga joylashtirilgan ovoz kuchaytirgich vositasida buyruq berish orqali amalga oshiriladi. 

Qozog‘istonliklar tayoqchasi bo‘lmagan politsiyachilar ustidan kulishdi

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid